Главный » Узбекские песни » Javlon Sapoyev - Ko'p qoldi dilda armonim
Javlon Sapoyev - Ko'p qoldi dilda armonim

Javlon Sapoyev - Ko'p qoldi dilda armonim

  • Слушали: 619
  • Размер: 3,18 MB
  • Длительность: 3:28
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 11-10-2021, 14:10
Слушать
Скачать
На этой странице Вы можете скачать песню Javlon Sapoyev - Ko'p qoldi dilda armonim!. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.
Текст песни

Ko'p qoldi dilda armonim
Dardim ko'p yo'qdir darmonim


Ta'rif aylayin dostonim
Qurigan bog'u bo'stonim

Yetib keldi zimistonim
Hazon bo'lgan bahor onim


Yiqildi taxt-u somonim
O'tdi besh kunlik davronimey

Men bir mahallar yosh edim
Quyoshday so'qqa bosh edim


Yuzlar uchun quyosh edim
Yosh edim-u bebosh edim

Qop qora qalam qosh edim
Yuragi misli tosh edim


Go'zallarga sirdosha edim
Yo'lchi emas yo'ldosh edim

Parilarga o'ynosh edim
Ko'zlarida chun yosh edim


Bir bosh emas o'n bosh edim
O'tdi besh kunlik davronimeey

Ertaning g'amin yemasdim
O'zimni g'amgin qilmasdim


O'tinni o'tga solmasdim
O'rtanib g'amda qolmasdim

Umidsizlikka qolmasdim
Qaydan kelardi bilmasdim


Qayga ketardi bilmasdim
Yerga tushganni termasdim

O'zimni hech qiynamasdim
Qo'l sovuq suvga urmasdim


Dunyoning g'amin yemasdim
O'tdi besh kunlik davronimeey

Palahmon toshga otildim
Baland dorlarga osildim


O'zga yurtlarga sotildim
Tegirmon toshga bosildim

Botqoqlariga botildim
Yomonlar ila qotildim


Go'ra bo'lmay g'o'lim bo'ldim
Bir tirilib so'ngra o'ldim

Bir ochilib tezda so'ldim
Ko'rmagan kunlarni ko'rdim


Qiynoqli damlarda qoldim
O'tdi besh kunlik davronimey

Men bir mahallar yosh edim
Quyoshday so'qqa bosh edim


Yuzlar uchun quyosh edim
Yosh edim-u bebosh edim

Qop qora qalam qosh edim
Yuragi misli tosh edim


Go'zallarga sirdosha edim
Yo'lchi emas yo'ldosh edim

Parilarga o'ynosh edim
Ko'zlarida chun yosh edim


Bir bosh emas o'n bosh edim
O'tdi besh kunlik davronimeey

Ertaning g'amin ymasdim
O'zimni g'amgin qilmasdim


O'tinni o'tga solmasdim
O'rtanib g'amda qolmasdim

Umidsizlikka qolmasdim
Qaydan kelardi bilmasdim


Qayga ketardi bilmasdim
Yerga tushganni termasdim

O'zimni hech qiynamasdim
Qo'l sovuq suvga urmasdim


Dunyoning g'amin yemasdim
O'tdi besh kunlik davronimeey

Ota onadan ayrildim
Qushdek qanoti qayrildim


Yurgan yo'limga torildim
Piyozdek yoqqa qovrildim

Onamni eslab yig'ladim
Otamni eslab yig'ladim


Okamni eslab yig'ladim
Bolamni eslab yig'ladim

O'tganni eslab yig'ladim
O'tdi besh kunlik davronimeey