Главный » Узбекские песни » Nurali Shukurullayev - Dadajonim Sog'indim
Nurali Shukurullayev - Dadajonim Sog'indim

Nurali Shukurullayev - Dadajonim Sog'indim

  • Слушали: 799
  • Размер: 6,16 MB
  • Длительность: 6:42
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 26-08-2021, 05:29
Слушать
Скачать
На этой странице Вы можете скачать песню Nurali Shukurullayev - Dadajonim Sog'indim!. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.
Текст песни

Men o'lsam Dadamning qabriga qo'ying
Dadamni sog'indim quchoqlab yotay
Dunyoda to'ymadim diydorlariga
U dunyo qo'lidan mahkamroq tutay

Gar o'lsam kafanmas ko'ylak kiydiring
Dadamning yoniga boray yasanib
Ortimdan yig'lamang ruhim qiynamang
“Yosin”ni ko'p o'qing toza to'sanib

O'lganim bildirmang onamga aslo
Meni uzoqlarga ketdi deb ayting
Qizimni o'ksitmang u juda dono
O'g'limni erkalab hofiz deb ayting

Qizimni o'ksitmang u juda dono
O'g'limni erkalab hofiz deb ayting

Ortimdan Qur'onni o'zingiz takror va takror
Gunohlarim bo'lsa duv duv to'kilsin
Bilaman duogo'y jigarlarim bor
Duodan g'amlarim choki so'kilsin

O'g'limga qizimga bo'ling mehribon
Dadamni yonida yotay shodlanib
Bag'rimni tig'lamang ruhim qiynamang
Qabrimda tinch yotay nurlarga to'lib

Visol qiyomatga qoldi ehtimol
Jannatda yor bo'lsin bizlarga diydor
Uninglar o'singlar topinglar kamol
Yaratgan sizlarga doim bo'lsin yor

Dadajonim sog'indim sizni juda
Nahot ko'zlaringiz mangu uyquda
Dadajonim sog'indim sizni juda
Nahot ko'zlaringiz mangu uyquda

Sizsiz shodlik-quvonchlarim behuda
Ruhingiz bo'lsin doim tinch va osuda
Sizsiz shodlik-quvonchlarim behuda
Ruhingiz bo'lsin doim tinch va osuda

Bu dunyoda o'rinlari bilingan dadam
O'zi yemay bizlar uchun ilingan dadam
Bizni deya yuragi ko'p tilingan dadam
Endi gohida tushda ko'ringan dadam

Bizni deya yuragi ko'p tilingan dadam
Endi gohida tushda ko'ringan dadam

O'rningiz bilindi bu uylarda
Izingiz izladim men ko'cha-ko'ylarda
O'rningiz bilindi bu uylarda
Izingiz izladim men ko'cha-ko'ylarda

Voyaga yetkazdi onam orzu-o'ylarda
Bosh bo'lsangiz bo'lmasmidi bizning to'ylarda
Voyaga yetkazdi onam orzu-o'ylarda
Bosh bo'lsangiz bo'lmasmidi bizning to'ylarda

Bu dunyoda o'rinlari bilingan dadam
O'zi yemay bizlar uchun ilingan dadam
Bizni deya yuragi ko'p tilingan dadam
Endi gohida tushda koringan dadam

Bizni deya yuragi ko'p tilingan dadam
Endi gohida tushda koringan dadam