Главный » Узбекские песни » Avazbek Alimov - Farzandim
Avazbek Alimov - Farzandim

Avazbek Alimov - Farzandim

  • Слушали: 212
  • Размер: 6,99 MB
  • Длительность: 5:05
  • Качество: 192 kbps
  • Дата релиза: 17-04-2022, 04:36
Слушать
Скачать
На этой странице Вы можете скачать песню Avazbek Alimov - Farzandim!. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.
Текст песни

Qizbolaga atlas ko`ylak yarashmaydimu
Chamanzorda ra’nogulga qarashmaydimu
Inson baxtin farzand bilan sanashmaydimu
Farzanding bor, dilbanding bor, davlating shudir
Yurt quvonchi, uy yupanchi, savlating shudir

O`gil, qizim – farzandim, ishq bog`ida payvandim
Bog`lanib bandu-bandim, sog`inganda o`rtandim
Farzandim – shakar, qandim
Farzandim – asal, qandim

O`nta bo`lsa o`rni boshqa, umring niholin
Ota-ona kecha-kunduz o`ylar iqbolin
Ardoqlaydi farzandining ko`rib kamolin
Farzanding bor, shunqoring bor, bahoring shudir
Farzanding bor, yodgoring bor, chinoring shudir

Asl farzand muroddur yo Nodir-o, Farhoddur
O`gil-qizlar qanotdur, farzand baxt-saodatdur
Farzand baxt-saodatdur

Ming tasanno, ming ofarin, mehribon ona
O`gil-qizlar jasorati to`yga bahona
Yaxshi farzand o`stirganni qutlar zamona
Farzanding bor, uying kechar tinch-farog`atda,
Yaxshi farzand yashnayversin chaman hayotda
Asl farzand yashayversin go`zal hayotda.