Главный » Узбекские песни » Hayot shunday yaralgan - Kim boyvacha kim g'arib (poeziya)
Hayot shunday yaralgan - Kim boyvacha kim g'arib (poeziya)

Hayot shunday yaralgan - Kim boyvacha kim g'arib (poeziya)

  • Слушали: 427
  • Размер: 4,22 MB
  • Длительность: 2:21
  • Качество: 217 kbps
  • Дата релиза: 28-10-2021, 06:40
Слушать
Скачать
На этой странице Вы можете скачать песню Hayot shunday yaralgan - Kim boyvacha kim g'arib (poeziya)!. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.
Текст песни

Hayot shunday yaralgan
kim boyvacha kim g'arib
Kimlar olisga ketgan
o'z baxtini axtarib

Kim nochor-u kim bemor
davo istar dardi bor
Hayot shunday dilozor
nomardi bor mardi bor

Kim chiroyli yaralgan
ammo ko'zlarida nam
Besh kunlik dunyoning
doim nimasidur kam

Kimdur ko'rgan hiyonat
o'zi sevgan yoridan
Shu insonga ishonib
kechkan edi boridan

Kimlar bola-chaqam deb
yot ellarda sarsondir
Shu jujuklar bo'lmasa
hayot narxi arzondur

Kimlar yashar otasiz
kimlar esa xor qilar
Otang bormi shukir qil
ular yo'qdan bor qilar

Kimlar ona poyiga
gul to'shaydi har onda
Kimlar onasiz qolib
yig'lab yurar armonda

Kimlar uzun dunyoning
ustunidan tutadi
Bu kibrli kimsalarni
bir kun yer ham yutadi

Kimlar buyuk Ollohdan
farzand tilab o'tadi
Kimlar yetimxonaga
mangu tashlab ketadi

Kim o'g'ri zo'ravon
bechorani to'naydi
O'shalar jahannamning
tuprog'ini yalaydi

Kimlar umid qiladi
Ollohdanmas ro'yodan
Bir dunyo gunoh bilan
o'tib ketar dunyodan

Kim turmushda ajragan
o'xshamagan xayoti
Yetti osmonga yetar
yolg'izlarning faryodi

Kimdur erta saharda
o'qir ibodat namoz
Insonga eng yarashgani
aslida shu joy namoz

Yuz yil azob bo'lsa ham
ko'p nolimoq shart emas
Baribir bari o'tginchi
demak dunyo dard emas

Ollohim deb yetkazing
osmonga ovozasini
Shunda ocha olasiz
jannat darvozasini